Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-oktyabrdagi 01-07-/1-516-sonli xatiga muvofiq 2019-yilning 28-noyabr kuni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.

     Kechaning Axborot resurs markazi badiiy adabiyotlar fondida tashkil etilganligi, ijodiy kechani yanada badiiy ruhida o’tishiga zamin yaratdi. Ijodiy kechada institut murabbiylar Kengashi raisi A.Abdurahmonov, Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekani o‘rinbosari Z.To‘xtaboyev hamda ushbu fakultetning talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

     Ijodiy kecha davomida M.Xaliqova tomonidan yoshlarimizga hali tanish bo’lib ulgurmagan O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqida atroflicha ma’lumotlar berildi va shoirning hayoti va ijodi aks ettirilgan videolavha namoyish etildi. Shoirning hayot yo‘li talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Shu kuni yoshlarimiz o‘zlari uchun yana bir sevimli shoirlarini kashf etgan bo’lsalar ajab emas. Artoqli shoir va yozuvchilar hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

 

  

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi