Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 20-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining asosiy binosida innovatsion ishlanmalar ko’rgazmasi va “Zamonaviy sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining ish samaradorligi va energo-resurs tejamkorligini oshirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.


    Mazkur anjuman institut Ilmiy bo’limi va Ilmiy tadqiqot markazi tashabbusi bilan Andijon viloyati hokimligi hamda O’zbekiston Respublikasi Оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Akademik innovatsiyalar fondining “O’zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish” loyihasi hamkorligida tashkil etildi.

   Anjuman institut rektori U.M.Turdialiyevning kirish so’zi bilan boshlandi. Anjumanda viloyat hokimligi vakillari, Andijon viloyati Innovatsion markaz vakillari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilar jamoasi va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

    Anjuman davomida institutning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchi-olimlarining innovatsion ishlanmalari ko’rgazmasi tashkil etildi. Katta anjumanlar zalida davom etgan yig’ilishda innovatsion ishlanmalarning texnik-iqtisodiy afzalliklariga qaratilgan mualliflar taqdimoti bo’lib o’tdi. Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad professor-o’qituvchilar tomonidan yaratilgan  innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, soha va tarmoqlar faoliyatiga tatbiq etishdan iborat bo’ldi.

  

 

 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi