Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019 yilning 20 noyabridan boshlab hozirda Andijon mashinasozlik instituti delegasiyasi Shimoliy Xitoy Texnologiya Universitetida rasmiy tashrif bilan bo’lib turubdi. Tashrifning maqsadlari:

  • NCUT bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish;
  • MechaUz loyihasi doirasida treninglarda ishtirok etish;
  • NCUT ning ilmiy va o’quv laboratoriyalari bilan tanishish;
  • Joint School boyicha muhokamalar o’tkazish.

Tashrif davomida delegasiya a’zolari NCUT ning “Mashinasozlik texnologiyasi va materialshunoslik  – Mechanical Engineering and Material Science” kafedrasi mudiri prof. Li hamrohligida kafedraning ish faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlari, o’quv va ilmiy laboratoriyasi bilan tanishdi. Prof. Li kafedraning “Roll Forming” nomli ilmiy loyihasini bajarilish tartibini, uning o’ziga hos xususiyatlari va loyihaning kelajakdagi ilmiy izlanish doiralari haqida to’liq ma’lumot berdi.

 

Ushbu kafedraning “Innovation center” markazi faoliyati va u bilan hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, delegasiya a’zolarini institutning vitse-prezidenti prof. Shen Zili va Xalqaro aloqalar markazi direktori Xu Mei rasmiy qabul qildi. O’zaro dostona o’tgan rasmi muloqotda NCUT  haqida to’liq ma’lumot berildi.

Tashrif davomida Pekin shahrida joylashgan HUATEC kompaniyasiga MechaUz loyihasi doirasida tashrif buyirildi. Tashrif davomida ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi boyicha Xitoy OTM lari uchun ishlab chiqilgan loyihalar va o’quv laboratoriyalar bilan tanishildi.

Tashrif davom etmoqda.