Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ular Olma-otaga boradilar

           2019-yil 10-noyabr kuni “Axborot texnologiyalari” kafedrasi va “Axborot texnologiyalari” markazi hamkorligida tashkil etilgan ICPC ASM dasturlash bo’yicha talabalar o’rtasidagi Jahon chempionatining Northern Eurasia Regional contest  2019 tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Regional Contest chorak final saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Bu musobaqada jami O’zbekiston va Tojikiston  mamlakatlari Oliy ta’lim muassasalari talabalari 78 ta jamoa bo’lib ishtirok etdilar. Ularning orasida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o’qituvchilarining iqtidorli talabalaridan iborat bo’lgan institutimizning 5 ta jamoasi ham qatnashdi.

            Shu kuni o’tkazilgan musobaqada institutimiz quyidagi jamoalari muvaffaqiyatli qatnashib Qozog’istonning Olma-ota shahrida bo’lib o’tadigan yarim final yo’llanmasiga ega bo’ldilar.

  1. Andijan Machine Building I: NewStar ( jamoa a’zolari – Mansurbek Mamurov, Muxtoriddin Erkinboyev, Abduxalilov Mirzoxid);
  2. Andijan Machine Building I: NeMeSiS (jamoa a’zolari – Qudratbek Toxirov, Bekzodbek Mamajonov, Abdukarimov Muxammadsodiq)

          Endi ushbu talabalar jamoalari va rahbari Qozog’istonning Olma-ota shahrida Qozog’iston-Britaniya Texnika Universitetida (Kazakh-British technical University) 2019 yil 30-noyabr – 1 dekabr kunlari bo’lib o’tadigan yarim final musobaqalarida qatnashadilar.

Omad sizlarga !!!!