Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

  Yig’ilishda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov, “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekani T.S.Turg’unov, dekan o’rinbosarlari va guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

     Yig’ilishda Oliy ta’lim tizimidagi talabalarga taaluqli bo’lgan Nizomlar va yo’riqnomalar, institut ichki tartib qoidalari, institut hududida kiyinish va o’zini tutish madaniyati talablari atroflicha yetkazildi. Ota-onalardan yuqoridagi talablarga muvofiq o’z farzandlariga e’tiborliroq va talabchan bo’lishga chaqirildi.  Shuningdek, yig’ilish davomida institutda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashashlari uchun yaratilgan qulayliklar va institut rektori tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirib o’tildi.

     Yig’ilish davomida ota-onalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga to’liq javob oldilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi