Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Shu kunlarda viloyatimizdagi oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va akademik litseylarda “18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kuni” munosabati bilan talaba-o’quvchi yoshlarida Vatanga sadoqat, tuyg’ularini shakllantirish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2019-yilning 19-noyabr kuni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida ham bo’lib o’tdi.

     Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Institut Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekan o’rinbosarlari Z.To’taboyev, G.Yusupova,  1- va 2-talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari D.Raxmonova, I.Sirojiddinova, Andijon viloyati musiqali drama teatri truppa rahbari Sh.Dehqonov, ushbu teatr aktyori Z.Saidburxonov hamda institutning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirok etdilar.

     Tadbirni badiiy qismini fakultetning «Kasbiy ta’lim», «Hayot faoliyati xavfsizligi» yo’nalishi talabalari Jaloldinov Islombek, Sohibova Oltinoylar olib bordilar.

     Tadbir O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi va institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqovaning nutqi bilan davom etdi.

     Muxtaram Xaliqova:

     Barchangizni 18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun bilan qizg’in muborakbod etaman. Avvalo o’z elini ardoqlagan, o’z vatanini chin yurakdan sevgan inson albatta o’z xalqi va millati oldida sevimlilar qatori turadi. Vatanni qanday sevish mumkinligi, insondagi vatanga bo’lgan muhabbat uning ramzlariga bo’lgan munosabatida o’z aksini topadi. E’tibor berganmisiz? Sport bo’yicha dunyo maydonlarida zafar quchib, g’oliblik shoxsupada mag’rur turgan, raqiblarining og’ir zarbalariga bardosh bergan paxlavonni kindik qoni to’kilgan vatanining yuksakka ko’tarilgan bayrog’i ko’zidan milt etib yosh chiqishiga sabab bo’ladi. O’sha bir tomchi ko’z yoshda ona yurtga bo’lgan cheksiz muhabbat va sadoqatni ko’rish mumkin.  Mana shunday lahzalarni siz aziz yoshlarga ham tilab qolaman.

   

     Tadbir davomida Andijon viloyati musiqali drama teatri truppa rahbari Zafarbek Saidburxonov ham so’z oldi.

Vatanga bo’lgan muhabbat haqida so’z borar ekan, beixtiyor buyuk tariximizga yuzlanmaslikni iloji yo’q. Xalqimizning suyukli yozuvchisi Usmon Nosir umri qamoqda o’tgan kezlari qamoqxona hamshirasini oldiga chaqiradi va agar men dunyoni tark etsam, yuzimni vatanim joylashgan tarafga burgan holda ko’minglar deb iltimos qiladi. Bazan o’zimga shunday savol beraman. Ho’sh, biz yoshlar, umuman bugunning yoshlari vatanni shox Boburdek, Usmon Nosirdek, Abdulla Qodiriydek seva olyapmizmi. Zero vatanimiz ulardan ko’ra bizga ko’proq mehr qo’ydi va ardoqlab kelmoqda. Vatanni boricha sevish kerak emas, balki uni rivojiga hissa qo’shish, uni gullab yashnashi va kelajak avlodga go’zal va betakror holda yetib borishi uchun tinimsiz mehnat qilish orqali ko’ngil qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.

   

     Shundan so’ng talabalarga Vatanni qanday sevmoq kerak? Savoli bilan murojaat qilindi. Erkin tarzda ko’ngilli yoshlarning bu boradagi fikrlari tinglandi va ular o’rtasida viktorina savollari o’tkazildi. G’oliblar xalqimizning buyuk suyukli yozuvchi shoirlarining kitoblari bilan taqdirlandilar.

     Tadbir davomida Andijon viloyati musiqali drama teatri aktyori Zafar Saidburxonov ijrosida Primqul Qodirovning Yulduzli tunlar asaridan monolog tinglandi va bu ijro barchaning olqishiga erishdi.

     Tadbir yakunida barcha yoshlar Yulduz Usmonova tomonidan kuylangan “Adoing bo’lgaymiz seni O’zbekiston” qo’shig’ini jonli ijroda kuyladilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi