Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 18-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Transport va logistika fakultetlarida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ining 28 yilligi munosabati bilan ertalabki saf tortish yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

     Yig’ilishda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori U.Madraximov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova, fakultet dekanlari va fakultet dekani o’rinbosarlari, faxriy ustozlar, 400 dan ziyod talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Yig’ilish institut rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyevning kirish so’zi bilan ochildi. Institut rektori barcha talabalarni O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ining 28 yilligi bilan muborakbod etdi.

     Yig’ilishda yangi o’quv haftasi boshlanganligi munosabati bilan barcha talabalarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, yangi o’quv haftasi davomida ustoz va murabbiylar tomonidan talabalarning oldilariga qo’yilgan vazifalarni sidqi dildan ado etishlari, fanlarni a’lo darajada o’zlashtirishlarini, ularni o’quv mashg’ulotlariga muntazam ravishda qatnashishlari, ilmiy va innovatsion loyihalarda faol bo’lishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o’zlarini iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun institutda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligi uqtirib o’tildi va bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish kerak ekanligi tushuntirildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi