Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019-yilning 15-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining navbatdagi kengaytirilgan ilmiy kengashi bo’lib o’tdi. Ilmiy kengashda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining bir qator buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha institutda olib borilayotgan ishlar, ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil  12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-sonli hamda 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli Qarorlarining ijrosini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritilishi, institutda 2018-2019 o’quv yilining ikkinchi yarim yillik yakunlari, respublika oliy ta’lim muassasalari reytingida institutimiz egallagan o’rnini ijobiylashtirish (ko’tarish) uchun kafedralarda 2019-yil bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

  

Ilmiy Kengash yakunida Institut Ilmiy kengashi va buyruqlari orqali yetkazilayotgan davlat va hukumat qarorlari ijrosi monitoringi tizimli va muntazam ravishda yuritilishi, O’zbekiston Respublikasining Davlat va Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Hay’at qarorlari bajarilishiga oid axborotlar bazasini sifatli shakllantirilishi hamda natijalari haqida tegishli tartibda vertikal bog’lanishda muntazam batafsil axborotlar berib borish, ijro intizomi va eng avvalo O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va hujjatlari, shuningdek Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi majlis bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi so’zsiz bajarilishini tahminlash, institut talaba yoshlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli Qarori to’g’risida  muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borish, ijro intizomi hamda institutda talaba yoshlarni davomatini yaxshilashda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli Qaroriga qat’iy rioya etilsin va  uning ijrosi so’zsiz bajarilishi ta’minlash, qilingan ishlar yuzasidan har oyning 25-sanasiga qadar institutning Monitoring va ichki nazorat bo’limiga xisobot taqdim etish kabi vazifalar belgilab berildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi