Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 15-noyabr kuni 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan bayramda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Qobiljon Ermatov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Akmaljon Ermatov, Hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi raisi Tojiboy Almatayev, Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekani Tursunboy Turg’unov, institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ra’noxon Yusupova, dekan o’rinbosarlari hamda 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Bayram tadbirini institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Muxtaram Xaliqova olib bordi va tabrik uchun so’zni institut professor-o’qituvchilari jamoasiga berdi. Ustozlar barcha shogirtlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan muborakbod etib, talabalarning kelgusidagi barcha ishlarida omad va zafarlar tiladilar.

Shundan so’ng dasturxonga xalqmizning milliy bayramona tansiq taomi hisoblangan palov tortildi. Biroz tanovuldan so’ng kechaning musiqiy qismiga navbat berildi. Talabalar ustozlar bilan birgalikda go’zal kuy va qo’shiqlarga raqsga tushdilar. Tadbirlar hali davom etadi.

 

 

  

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi