Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anhana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan soo’lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

     Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni taro’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bao’ishlangan videoselektor yio’ilishi o‘tkazildi va davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni  yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

     Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo’ladi.

     Mana shunday shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda hozirda Avtomatika va elektrotexnika fakultetida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida sport musobaqalari shashka, shaxmat, voleybol va sportning boshqa turlari bo‘yicha turli tadbirlar, guruhlar kesimida “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat” va “Eng yaxshi bayon” kabi nominatsiyalarda tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

     Navbatdagi tadbir ham shular jumlasidan. 2019-yilning 7-noyabr kuni institutning Avtomatika va elektrotexnika fakulteti tomonidan “Tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

     Tadbirda institut rektori U.M.Turdialiyev, fakultet dekani T.Turg’unov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i M.Xaliqova, dekan o‘rinbosarlari hamda fakultetning 200 nafarga yaqin talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

     Tadbirni M.Xaliqova olib bordi va dastlabki so‘zni institut rektori Turdialiev Umid Muxtaralievichga berdi.

     Institut rektori o’z so’zida avvalo bugungi tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan fakultet hodimlariga tashakkur izhor etdi va bu kabi tadbirlar muntazam o‘tkazilishi foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidladi. Talabalar institut hududiga qadam qo‘yar ekan ular nafaqat bilim maskani, balki ma’naviyat o‘chog’iga kelayotganliklarini ko‘rsatib qo‘yish uchun, qolaversa yoshlarimizni san’atga qiziqishlari qo‘llab quvvatlab, ular orasidan iste’dodlarni aniqlab olish uchun ham bu kabi tadbirlar zarur ekanligini uqtirib o’tdi. San’atga oshno bo‘lgan insonni qalbi pok, niyati hamisha ezgu bo‘lishini alohida ta’kidlab o’tdi.

     Tadbir avvalida O‘zbekiston Milliy demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi mutaxassisi Shohruxbek Abdusamatov ham so’z olib partiya va institut o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkam ekanligi, buning isboti o‘laroq partiyaning joylardagi ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy tusdagi tadbirlarida institut juda katta amaliy ko‘mak berayotganini aytib, bir qator talabalarga partiyaning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirladi.

     Shundan so’ng tadbirning rasmiy qismi ortda qoldirilib, badiiy qismga navbat berildi.

    Tadbirning badiiy qismini fakultetning 293-guruh talabasi Egamberdieva Maftuna “Avval keling, ko’ring Andijonimni” she’ri bilan boshlab berdi.

Fakultet qizlari ijrosida “Sallanno” raqsi

Fakultetning doira guruhi

Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida fakultetning “Iste’dod” teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

 

Fakultet talaba-yigitlari ijrosida “Andijon polka” raqsi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi