Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 1-3 noyabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Almata shahrida sportning belbog’li kurash turi bo’yicha Kabdena  Raxmankulovich Baydasov xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir bo’lib o’tdi. Unda markaziy Osiyoning  8 ta davlati sportchilari ishtirok etdi. Turnirda O’zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar safida Andijon mashinasozlik institutining 1-bosqich talabasi Masobirov Umidbek Paxlavon o’g’lining ham borligi barchamizda o’zgacha bir faxr uyg’otdi.

     74 kg vazn toifasida bo’lib o’tgan murosasiz baxslar yakunida talabamiz barcha raqiblarni kuragini yerga tekkazib faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi va yutuqlari orasiga yana bir Osiyo chempionligini qo’shib qo’ydi.

     Sportchimiz shu kunga qadar 6 karra mamlakat chempionligini qo’lga kiritgan. Ushbu turnirda esa 2 yildan buyon ketma-ket g’olib bo’lib kelmoqda. Yutuqlar hamisha bardavom bo’lsin!

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi