Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 5-noyabr kuni institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida murabbiylar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, fakultet dekani M-A. Eshonov, institut Murabbiylar kengashi raisi A. Abduraxmonovlar ishtirok etdilar.

     O’tkazilgan yig’ilishda har bir guruh murabbiyining guruhda olib borayotgan faoliyatiga to’xtalib o’tildi, talabalarning darslarning qatnashishi, kitinish madaniyati, axloq-odob qoidalariga amal qilishlari, darslarni o’zlashtirish darajasi, jamoat ishlarida ishtirok etishlari, talabalarni to’garaklarga jalb etilganligi, talabalar turar joyida hamda  ijarada istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar holati yuzasidan fikrlar bildirildi.

     Haftaning har payshanba kuni guruh murabbiylari tomonidan olib borilayotgan Axborot va murabbiylik soatlari” mashg’ulotlari tahlili yuzasidan topshiriqlar berildi, vazifalar belgilandi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi