Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda kechayotgan islohotlar muvaffaqiyati, yurt taraqqiyoti yuqori bilim va malakaga ega mutaxassislarga bog’liq. Keyingi yillarda ta’lim tizimida kechayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi ham ayni ezgu intilishlarni ko’zlashi bilan ahamiyatli bo’lmoqda.

     Andijon mashinasozlik instituti, bugun bu dargox chin ma’noda yurtimiz iqtisodiy tayanchi hisoblangan mashinasozlar dargohiga aylanib ulgurdi. Darhaqiqat, yurt taraqqiyoti va ravnaqiga xissa qo’shib, o’z oldilariga yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilib olgan bu dargohda 300 nafarga yaqin professor-o’qituvchilar bo’lg’usi muhandislarga ilm-fan sabog’larini berishmoqda. Institutda 14 ta bakalavriat tahlim yo’nalishlarida 3706 nafar talaba, 6 ta magistratura mutaxassisliklarida 42 nafar, jami 3748 talabalar ta’lim olishmoqda.

     Respublikamizdagi barcha davlat tashkilotlari, korxona va muassasalarda faoliyat olib borayotgan davlat hodimlarining ko’p qismi oliy o’quv yurtini tamomlagan ziyoli shaxslar hisoblanadi. Korruptsion holatlarning aksariyat qismida ham aynan shu lavozim egalari ishtirok etayotgani esa barchamizni birdek o’ylantirib qo’ymoqda.

     Aslida korruptsiya islohotlar g’oyasini obro’sizlantirib, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tan olib aytish kerakki, korrupsiyani eng baland nuqtada boshlanish davri afsuski oliy ta’limga to’g’ri kelmoqda.

     Bugun meni bir savol o’ylantirib qo’ymoqda! Biz ziyolilar tizimni yaxshilash bo’yicha  Prezident talabini bajara olayapmizmi? Ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik uchun labbay deb javob berayapmizmi! Barcha islohotlarda o’rnak va lokomativ bo’lish o’rniga, berilgan imkoniyatlardan to’liq foydalanmayotgandek sezilmoqda.

     Shukuronalik hissi bilan yashashni ham o’rganaylik, ziyolilarning ish haqlari oxirgi uch yilda qariyb uch barobarga oshdi. Afsuski, ko’plab hamkasblarimizning hammasi ham xulosa chiqarmayapti. Ustoz, olim, ziyoli degan ulug’ martabaning yuki, mas’uliyatini his etmayapti nazarimda. Ajdodlarimizning kamtarona, ibratli hayotlarini yoki rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganaylik.

     Andijon mashinasozlik instituti, korruptsiyani ta’limdan butkul yo’qotish maqsadida bugungi kunning talabidan kelib chiqqan holda ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlarga javob beruvchi shaxsiy sahifalarini yo’lga qo’ygan. Telegram tarmog’ida 1000 dan oshiq obunachiga ega bo’lgan “AndMI Rektor Rasmiy Kanali” nomi ostida kanal faoliyatini yo’lga qo’ydik.  Talabalar o’z murojaatlarini erkin yuborishlari uchun esa tarmoqda @Andmirektor_boti  joriy qilindi. Shu kunga qadar talabalar tomonidan yo’llangan 200 dan ziyod savol va murojaatlarga javob  berildi. Oliy ta’lim muassasasi rahbari sifatida aytishim mumkinki, bu islohot o’z natijasini bermoqda. 

     Albatta, ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda kechayotgan yurt taraqqiyoti,  islohotlar muvaffaqiyati yuqori bilim va malakaga ega mutaxassislarga bog’liq. Bugungi shiddatli yangilanish davrida Prezidentimizga kamarbasta bo’laylik, siyosiy jarayonlarda ishtirok etib, berilgan ishonch va salohiyatimizni ezgulikda ko’rsataylik.

 

Umid TURDIALIEV, Andijon mashinasozlik instituti rektori