Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 4-noyabr kuni kuni Farg’ona Davlat Universitetida “Ijtimoiy xayot va profayling” mavzusida noan’anaviy psixologiya fan olimpiadasi bo’lib utdi. Unda Andijon mashinasozlik instituti talabalaridan tashkil topgan jamoa ham faol ishtirok etdi. 4 bosqichda olib borilgan olimpiadada institutimizning “EEE” yo’nalishi 216-guruh talabasi  A. Tashlanov, A. Ruziev,  213-guruh talabasi A. Mirzaumarov, 260-guruh talabasi I. Abdumuxtorovlar munosib ishtirok etib, yakunda mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdilar hamda 1-darajali diplom va esdalik sovg’alarni  bilan taqdirlandilar. Qolaversa jamoani puxta tayyorgarlik ko’rishida o’z hissasini qo’shgan MPP kafedrasi mudiri X. Xaydarova jamoani faol ishtirok uchun maxsus  sertifikat bilan taqdirlandi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi