Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 4-noyabr kuni Erasmus+ dasturining 2020-yil uchun navbatdagi tanlovi munosabati bilan dastur tanlovlarida ishtirok etish shartlari bilan tanishtirish bo‘yicha institutga  Erasmus+ milliy ofisi (NEO) O‘zbekistondagi Loyiha menejeri Kudrathon Baxodirov tashrif buyurdi.

     Tadbirda Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali vakillari hamda Andijon mashinasozlik institutining fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, Xalqaro xamkorlik bo‘limi Tempus/Erasmus+dasturi loyihalari jamoasi a’zolari ishtirok etdilar.

     Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.Ermatov ochib berdi. Shundan so‘ng Erasmus+ milliy ofisi (NEO) O’zbekistondagi Loyiha menejeri Kudrathon Baxodirov yig‘ilish qatnashchilariga tadbirdan ko‘zlangan maqsadni aytib, 2020-yilgi Erasmus+ dasturining navbatdagi tanlovida ishtirok etish shartlari bilan tanishtirdi.

   Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi bo‘yicha intelektual transport tizimida magistratura mashg‘ulotlarini o‘tkazish loyihasi bo‘yicha Andijon mashinasozlik instituti loyiha koordinatori L.Olimov ma’lumot berdi.

    Seminar davomida Andijon davlat universitetida  bu soxada olib borilgan ishlar hamda  Erasmus+ CBHE va ICM loyihalarida erishilgan yutuqlar borasida loyiha koordinatori  Rayim aka Aliev gapirib o‘tdi.

   Shundan so‘ng, Erasmus+ Buznet loyihalarini Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida amalga oshirish bo‘yicha loyiha koordinatori Baxodirjon Nosirov so‘zga chiqdi.

    Andijon mashinasozlik institutining “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” fakulteti dekani Javlon Rahmatullayev Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish va loyiha takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha gapirib o‘tdi.

    Uchrashuv so‘ngida tadbir ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishlicha va to‘laqonli javoblarni oldilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi