Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Barchamizga ma’lumki, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun har bir insondan ogohlik va hushyorlikni, atrofimizda bo‘layotgan har bir o‘zgarishlarga faol fuqrolik pozitsiyasida turib munosabat bildirishni talab etmoqda. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar borki, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi. Aynan illat deb ataganlarimizning eng xavflisi bu shubhasiz korruptsiyadir. Fuqarolarimiz, xususan yoshlarimiz orasida korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish bilangina bu illatga barham berish mumkin.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilning 1-noyabr kuni institutning 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.

     Davra suhbatida institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov, Avtomobilsozlik fakulteti dekani M. Qo’chqarov, Transport va logistika fakulteti dekani Sh. Daliyev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A. Axmedov, O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari U. Maqsudov hamda 2-TTJning talabalari ishtirok etdilar.

     Institut talabalari orasida korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan davra suhbati davomida A. Ermatov tomonidan davlat rahbarining PF-5729-sonli Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.

     Korruptsiyani ta’lim tizimidan butunlay yo’q qilish orqali ko’plab sohadagi muammolarni yechim topilishiga erishish mumkinligi haqida so’z yuritdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xzmati xodimi