Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Hozirgi davrda moliyaviy savodxonlik – moliyaviy mablag’larni shaklantirish manbalari va ulardan samarali foydalanish mexanizmlari dolzarb mavzulardan biri bo’lmoqda. Bugungi kunda xalqaro moliyaviy savodxonlik forumlarida yoshlarning ishtirok etishi, ularni kelajakda yangi ilmiy g’oyalarni yaratishda motivatsiya berib, moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. 2019-yilning 31-oktabr sanasida bo’lib o’tgan onlayn muloqot ham aynan shu maqsadga qaratildi.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprel kungi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2909 qarorini 3 va 4 – bandlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda “Iqtisodiyot”, “Menejment” yo’nalishi talabalari Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti bilan erishilgan kelishuvlar asosida ularning professor-o’qituvchilari tomonidan 2019-yil 31-oktabr kuni o’tkazilgan V Butunrossiya yoshlarning moliyaviy savodxonligi Forumida onlayn tizimida ishtirok etdilar.

     Forum boshlanishida Alena Germanovna Obolenskaya – UrDPU “Moliya” kafedrasi i.f.n., dotsenti raxbarligida “Kelajakka sarmoya” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi. Muloqot davomida moliyaviy mablag’larni shaklantirish manbalari to’g’risida savollar berilib, mazmunli javoblar olindi. Onlayn muloqotning ikkinchi qismida “Samarali moliyaviy rejani tuzish uchun 7 layfxak” mavzusida Yekaterinburg shahri (Rossiya) Yoshlar bilan ishlash bo’yicha hokim (mer) o’rinbosari Koynov Pavel Sergeevich tomonidan ma’ruza qilindi. Ushbu ma’ruzada moliyaviy reja – daromadlar va xarajatlar to’g’risida amaliy tavsiyalar berildi. Ma’ruza qizg’in bahs munozara asosida olib borildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi