Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o’qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan o’rin olgan yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida institutning iqtidorli talaba yoshlarida tashkil topgan “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi hududlardagi maktablarga ijodiy safarlar uyushtirmoqda.

     Navbatdagi ijodiy safar Andijon shahridagi  23-umumiy o’rta ta’lim maktabiga bo’ldi. Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.A. Ermatov topshirig’iga institutning “Avtomatika va elektrotexnika” hamda “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti  talabalaridan tashkil topgan teatr jamoasi «TUZOQ» nomli teatr tomoshasini namoyish etdilar.

    Bugungi kunda jamiyatimizni rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi illatlar, yoshlar orasida uchrab turgan muammoli vaziyatlar, insoniylik, mehr-oqibat, yaxshilarning elu-yurt oldida yuzlari yorug’ bo’lib kamolotga erishishi, yomonlarga esa aksincha jazo muqarrar ekanligi kabi ko’rinishlarni o’z ichiga olgan teatr namoyishi o’quvchi-yoshlarda iliq taasurot qoldirdi.   

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi