Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprel kungi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2909 qarorini 3 va 4 – bandlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi professor-o’qituvchilari xamda “Iqtisodiyot”, “Menejment” yo’nalishi talabalari Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti bilan erishilgan kelishuvlar asosida ularning professor-o’qituvchilari tomonidan 2019 yil 31 oktyabr kuni o’tkazilgan V Butunrossiya yoshlarning moliyaviy savodxonligi Forumida onlayn tizimida ishtirok etdilar.

Forum boshlanishida Alena Germanovna Obolenskaya – UrDPU “Moliya” kafedrasi i.f.n., dotsenti raxbarligida “Kelajakka sarmoya” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi. Muloqot davomida moliyaviy mablag’larni shaklantirish manbalari to’g’risida savollar berilib, mazmunli javoblar olindi. Ikkinchi qismida “Samarali moliyaviy rejani tuzish uchun 7 layfxak” mavzusida yekaterinburg shaxri (Rossiya) YOshlar bilan ishlash bo’yicha xokim (mer) o’rinbosari Koynov Pavel Sergeyevich tomonidan ma’ruza qilindi. Ushbu ma’ruzada moliyaviy reja – daromadlar va xarajatlar to’g’risida amaliy tavsiyalar berildi. Ma’ruza qizg’in baxs munozara asosida olib borildi.

Xozirgi davrda moliyaviy savodxonlik – moliyaviy mablag’larni shaklantirish manbalari va ulardan samarali foydalanish mexanizmlari dolzarb mavzulardan biri bo’lmoqda. Bugungi “Moliyaviy savodxonlik Forumida” yoshlar ishtiroki, ularni kelajakda yangi ilmiy g’oyalarni yaratishda motivatsiya berib, moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.