Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 29-oktabr kuni institut rektorining navbatdagi apparat yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Yig’ilish davomida o’tgan haftada amalga oshrilgan ishlar yuzasidan barcha rahbar hodimlarning hisbotlari tinglandi hamda kelgusi hafta uchun vazifalar belgilab berildi.

  

    

     Shu kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’iga asosan institutga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha yangi prorektor tayinlandi. Ushbu lavozimga shu kungacha institutning “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatib kelgan Ulug’bek Abduxalilovich Madrahimov tayinlandi.

     Ma’lumot o’rnida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori lavozimida 2014-yildan shu kunga qadar Bahodir Djuraxanovich Mamajonov faoliyat ko’rsatib kelgan.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi