Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     “Avtomobilsozlik” fakultetida talaba qizlar ishtirokida o’zbekona kiyinish madaniyati, uning targ’iboti, kiyim tanlash, zamonaviy kiyinishda o’zbekona sharm-xayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ’ib etish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo’lmagan g’arb va boshqa kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish hamda yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shaklantirish bo’yicha viloyat otinoyisi Shoiraxon Qosimova ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida institut Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Z.Aripova, katta o’qituvchisi F.Tayloqova, Avtomobilsozlik fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi yetakchisi N.Qurbonova va 70 nafardan ortiq talaba qizlar qatnashdilar. Institut BXQQ raisi davra suhbatini ochar ekan kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko’rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib berishi, kiyinish madaniyatiga bo’lgan qarash insonning go’zallik, nafosat, odob borasidagi ko’z qarashlarini ifoda etadigan omil ekanligi haqida alohida ta’kidlab o’tish joizligi bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo’lgan e’tibor va talab ham o’zgarib borayotganligini ta’kidlab o’tdi.

     2019-yil 19-mart kuni Andijon shahridagi Registon maydonida ham institut talaba qizlari ishtirokida o’zbekona liboslarimiz ko’rgazmasi o’tkazildi. Ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

    Yoshlarimizning moda ketidan ko’r-ko’rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e’tirof etishlari va bu turdagi kiyimlar albatta kiyilishi kerak deb fikrlashlari ayni xaqiqat. Bu kiyimlarning o’zbekona madaniyatimizga mentalitetimizga xos emasligi haqida esa o’ylab ko’rishmayapti deya viloyat otinoyisi suhbatni o’z so’zlari bilan davom etdi. Afsuski men bugungi yigit – qizlarimizning kiyinish madaniyati haqida ijobiy fikr bildira olmayman. Chunki bugun ko’cha kuyda, yevropaga taqlid qilib kiyinayotgan yoshlarimizda milliyligimiz aks etgan kiyimlar toboro kamayib bormoqda. Aslida kiyinish madaniyati xam o’zbekona madaniyatimizning ajralmas qismidir. Bu masalaning jiddiy tomoni shundaki yuzaga kelayotgan ushbu muammo bugungi kunning muhim dolzarb mavzusiga aylandi. Ko’pchilik yoshlarimiz  yevropa uslubida kiyinmaslikni zamondan ortda qolish deb xisoblashmoqda. Bu fikrning mutlaqo noto’g’ri ekanligi haqida  fikr yuritishmayapti .

     Yevropa modasi deb urf bo’lgan bemani kiyimlarni kiyib o’zini bugunning zamonaviy yoshlari deb xisoblaydigan xar bir yigit qiz qattiq adashadi va aksincha ular o’zlarining ma’naviyati tafakkuri va dunyo qarashi qanchalik sayoz ekanligini “zamonaviy” liboslari orqali namoyon etishmoqda. Aslida insonning madaniyatga xos kiyinish uslubi uning ma’naviy olami qanchalik boy ekanligini namoyon etuvchi muhim omil xisoblanadi. Shu o’rinda bir xaqiqatni aytish o’rinli deb bilaman.  Yigit qizlarimizning kiyinish madaniyatida ota-onalarning alohida o’rni bor. Tanasiga yopishib turuvchi yoki kalta va ochiq kiyimlarni o’z qizlariga olib berayotgan ayrim ota-onalar buning salbiy oqibatlarga olib kelishini bilisharmikan. Afsuski ota-onalar orasida qizlarining kiyinishiga befarq qaraydiganlar talayginaligini aytib o’tdi. Qadimdan momolarimiz kiygan liboslar haqida ham alohida to’xtalib ketdi.

     “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Z.Aripova o’z so’zida kiyinish borasida nafaqat qizlarimiz balki yigitlarimiz ham tobora “zamonaviylashib” borishayotganligiga urg’u berib o’tdi. Har xil bemani yozuv va rasmlar tushirilgan futbolka, kalta shim va  shippaklarda ko’chani to’ldirib yurishgani ayni haqiqat. Sigaret chekayotgan odamning surati tushirilgan yoki skelet rasmi solingan futbolkalarni kiyishga ishtiyoqmand o’zbek yigitlarimizning bu ishlari o’zbekona madaniyatimizga to’g’ri kelmasligini anglay olishmayotganligi haqida kuyunib gapirdi. Tasavvur qilib ko’ring kalta shim yoki futbolka kiyib olgan ota yoki tor va ochiq libosga burkangan ona o’z farzandiga ibrat bo’lish o’rniga shu muhitda ulg’ayishi uchun zamin yaratayotgandek go’yo. Haqiqatki bunday ota-onalar bazi-bazida uchrab turibdi.

     Eng avvalo ota ona o’z farzandini kiyinishiga e’tibor berishi, doimiy nazorat qilishi zarur. Shundagina yuqorida keltirilgan  muammolar va salbiy fikrlar yuzaga kelmaydi. Istardimki qizlarimiz ibo hayoda barchaga namuna bo’lib, yigitlarimiz haqiqiy o’zbek o’g’loni sifatida qolishsa va kiyinish madaniyati xam milliyligimizni o’zida mujassam etgan eng muhim omil ekanligini yodda saqlashsa nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi