Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi, mamlakatning ravnaqi bardavom ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo’qligi insonni quvontiradi. Ana shunday amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni yaqindan tanishtirib borish, ularni ham kelajakda yurtimiz ravnaqi, mamlakatimiz rivoji yo’lida o’z hissasini qo’sha oladigan kadr bo’lib yetishishlari uchun ko’prik vazifasini barajib beradi. Shu bois ayni shu kunlarda viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida, maktab o’quvchilarini oliy ta’lim tizimida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Maqsad yoshlarga bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ta’lim tizimini o’rni yuqori ekanligi anglatish, ularda kelajak rejalarini hozirdan shakllantirib borishlari uchun zamin yaratishdan iborat.

     2019-yilning 28-oktabr kuni Andijon shahridagi 43-maktabning 11-sinf o’quvchilari uchun institutda ekskursiyalar tashkil etildi. Ekskursiya davomida o’quvchi-yoshlar institutda talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar, institutning moddiy texnik bazasi, Axborot-resurs markazi, o’quv zallari, laborotoriya xonalari, talabalar turar joyida yashash uchun yaratilgan sharoitlar, 5 ta muhim tashabbus asosida tashkil etilgan xonalar bilan yaqindan tanishtirildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi