Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ushbu uchrashuv institutning katta majlislar zalida bo’lib o’tdi. Yig’ilishni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri X.Akbarov kirish so’zi bilan ochib berdilar va ular yig’ilish qatnashchilarini «UZAUTOCOMPONENT» MCHJ xodimlari bilan tanishtirdilar.

SHundan so’ng «UZAUTOCOMPONENTS» kompaniyasi Tadqiqot va rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi U.Hojimatov, yetakchi mutaxassisi M.Parpiyevlar jamiyat haqida umumiy ma’lumotlar, undagi avtokomponentlar va butlovchi qismlar, korxonalarning hududlar bo’yicha taqsimlanishi hamda rejalashtirilayotgan yangi loyihalar haqida yig’ilish qatnashchilariga  aytib o’tdi.

U.Hojimatov o’z nutqida institut bilan keyinchalik ilmiy tadqiqot ishlarini birgalikda olib borish, unda asosan institutning yosh kadrlari doktorantlar, magistrlar va bakalavriat bitiruvchilari bilan innovatsion g’oyalarni amalga oshirishda birgalikda ishlar tashkil qilish kerakligini ta’kidladi.

Uchrashuv so’ngida yig’ilish qatnashchilari o’zlarining qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishlicha va to’laqonli javoblarni oldilar.