Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning vazifalarini amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2019-yil 23-avgust kuni Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalari bo’yicha kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan 34-sonli yig’ilish bayoni, shuningdek, ta’limni rivojlantirishga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari ijrosini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalari va xalq ta’limi muassasalari o’rtasida amal qilib kelinayotgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo’nalishida umumta’lim muassasalarida o’qituvchi kasbining obro’yi, nufuzi yuksaltirish, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish, olib borilayotgan kompleks faoliyatni yanada takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada yaxshilash, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratish, o’quv jarayoni sifatini yaxshilash, umumta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish yo’nalishida amal qilib kelinayotgan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarish maqsadida «Oila, mahalla, maktab, oliy ta’lim muassasasi» hamkorlik dasturi ishlab chiqildi va ushbu dasturga muvofiq Andijon mashinasozlik instituti negizidagi kafedralar professor-o’qituvchilari tomonidan viloyatimizdagi umumta’lim maktablariga metodik yordam ko’rsatish uchun amaliy tashriflar qilindi.

     2019-yilning 9-oktabr sanasida boshlab institutning barcha kafedralari professor-o’qituvchilari belgilangan jadval asosida viloyatimizning Shahrixon, Qo’rg’ontepa, Honobod tumanlarining umumta’lim maktablari bo’lib, u yerda taxsil olayotgan o’quvchilar bilan o’zaro mazmunli uchrashuvlar tashkil qildilar. Uchrashuvlar davomida o’quvchi-yoshlarning qiziqishlari o’rganildi. Ularga Andijon mashinasozlik institutidagi mavjud fakultet va yo’nalishlar, ularga o’qishga kirish tartiblari, o’quv mavsumi davomida talabalarni bilim olishlari va yashashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o’qish davri mobayni qo’lga kiritish mumkin bo’lgan barcha grantlar va nomdor stipendiyalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Uchrashuvlar yakunida maktablarning direktorlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi