Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Barchamizga ma’lumki joriy yilning 22-dekabr sanasida respublikamizda saylov bo’lib o’tadi.

     Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov oʻtkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviy huquqiy hujjatlarda belgilanadi. Bu saylov haqidagi bosglang’ich va umumiy tushunchalar. Xo’sh bu borada yoshlarimizning bilimi qay darajada? Buni aniqlash maqsadida joylarda siyosiy ko’rik-tanlovlar tashkil qilinmoqda.

     2019-yilning 25-oktabr kuni Andijon viloyati hokimligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tomonidan viloyatimizdagi 4 ta oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Men saylovga tayyorman” Respublika tanlovining Andijon viloyat bosqichi o’tkazildi. Jami 3 ta shart asosida tashkil etilgan tanlovda institutimizning iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Adolat” jamoasi ham faol ishtirok etib, faxrli uchinchi o’rinni egalladi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi