Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Keksalarni qadrlash, ularga xurmat bajo etish, buyuk madaniyat egasi hisoblangan millatimizning boshqa yurt vakillariga o’rnak bo’ladigan eng chiroyli fazilatlaridan biri desak adashmagan bo’lamiz. Bejizga xalqimiz orasida “Qarisi bor uyning parisi bor” deyilmaydi. Keksalar bor xonadonda hamisha fayzu-baraka bisyor bo’lgan. 

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining Mamlakatimizda “Keksalar haftaligi”ni tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 2019-yil 27-sentabr kuni o’tkazilgan majlis bayoni bilan “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq 2019-yilning 12-oktabr kuni Andijon mashinasozlik institutida “Ikki avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

     Bir piyola choy ustida tashkil etilgan uchrashuvda institutning faxriy ustozlari, yosh professor-o’qituvchilar ishtirok etdi. Ilm-fan borasidagi o’z bilimlarini yoshlarga ulashish bilan birgalikda, katta hayot tajribasini ham o’rgatib borayotgan faxriy ustozlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuv qizg’in suhbat asosida ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi