Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berganimizdek institut rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev boshchiligidagi delegatsiya Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturi doirasidagi “INTRAS” loyihasi bo’yicha Avstriyaning Alpen-Adria universitetiga safarga jo’nab ketishgan.

     Delegatsiyamiz tashrifning navbatdagi 2-kunida Avstriyaning Klagenfurt shahrida joylashgan Alpen-Adria Universiteti mezbonlik qilgan «INTRAS» loyihasining yig’ilishida ishtirok etishdi.

     Yig’ilishda dastavval 2020-yili o’tkazilishi rejalashtirilgan «Summer School» masalasi bo’yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu «Summer School» 2020-yilning yoz oylarida Jizzax politexnika institutida o’tkazilishiga kelishib olindi.

     Shundan so’ng Andijon Mashinasozlik instituti, Jizzax Politexnika instituti va Termiz Davlat Universitetining ushbu loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan taqdimotlari bo’lib o’tdi hamda unda Andijon Mashinasozlik Instituti taqdimoti yig’ilish qatnashchilari tomonidan ijobiy qabul qilindi.

     Muzokaralar yakunlangach Alpen-Adria universitet hududidagi ma’muriy binolar, ilmiy va o’quv laboratoriyalari hamda o’quv jarayoni bilan ham yaqindan tanishildi. Talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan birgalikda universitetning professor-o’qituvchilari farzandlari uchun o’yin maydonlari bunyod etilganligi, ikki taraflama ta’lim sifatini barqarorligini ta’minlashda xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

   Kunning ikkinchi yarmida loyiha doirasidagi muzokaralar davom ettirildi. Muzokaralar davomida ishtirokchilar kichik guruhlarga bo’lingan holda o’zaro mavjud muammolarni muhokama etdilar hamda yakinda umumiy hisobotlarning tasdiqlangan orginal nusxalari belgilangan tartibda Yevropa koordinatoriga topshirildi. 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi