Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektori Umidjon Muxtaraliyevich boshchiligida institutimiz delegatsiyasi joriy yilning 19 oktyabrdan 4 noyabrga qadar Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturi doirasidagi “INTRAS” loyihasi bo’yicha Avstriyaning Alpen-Adria universitetiga safarga jo’nab ketdi.

     Xizmat safaridan maqsad: Evropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturi doirasidagi “INTRAS” loyihasining navbatdagi hisobot yig’ilishida ishtirok etish.

  1. “INTRAS” loyihasi doirasida o’tkazilishi rejalashtirilgan seminarlarda ishtirok etish.
  2. Avstriyaning Alpen Adria universiteti bilan Andijon mashinasozlik instituti o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumini imzolash.
  3. Kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan dasturlar (qo’shma bakalavriat va magistratura dasturlari, ikki tomonlama diplom berish, qo’shma PhD dasturlari va boshqa turdosh tashkiliy shakllar) tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borish.
  4. Tegishli fakultet va kafedralar ilmiy-tadqiqot loyihalar bilan tanishish va hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan tor doiradagi uchrashuvlar o’tkazish.
  5. Andijon mashinasozlik instituti o’quv jarayonlariga kelajakda jalb etilishi rejalashtirilayotgan Alpen Adria universitetining professor-o’qituvchilar, olimlar va mutaxassislari bo’yicha muzokaralar olib borish.
  6. Alpen Adria universitetining o’quv jarayonlari hamda tashkil etilgan o’quv va ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishish.

     21 oktyabr 1 kuni tafsilotlari

     Birinchi kun kutib olish marosimi bilan boshlandi. Unda Alpen-Adria universiteti rahbariyati Klagenfurt shahri va institut tarixini tanishtirdi. So’ngra loyiha koordinatori seminar maqsadi va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar  haqida axborot berdi. Shuningdek, loyiha doirasida akreditatsiya  jarayoni ko’rib chiqildi.

     Safar davom etmoqda va safar tafsilotlari xaqida axborot berib boramiz.