Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g’risida»gi Qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Andijon viloyati bo’limi bilan hamkorlikda 2019 yil 17 oktyabr kuni Andijon mashinasozlik institutida “O’zbek tili – millat g’ururi» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

       Tadbirda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Andijon viloyati bo’limi rahbari M.G’ofurov, “Ma’rifat targ’ibotchilari” jamiyati bosh mutaxassisi I.Axmedova, O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Z.Ro’zieva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist A.Maxmudov, “Zarbuloq” estrada guruhi, Fuqarolik jamiyatining shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti rahbar o’rinbosari F.Ataxanov, A.Uzoqjonov, O’zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi Andijon viloyat bo’limi vakillari hamda ATV muhbirlari ishtirok etdilar.

        O’tkazilgan tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusini o’zida mujassam etgan ko’rgazma namoyishi bilan boshlanib, barcha yig’ilish ishtirokchilari va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. O’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda institutning 170 dan ziyod talabalari hamda 25 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.