Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       21 oktyabr – “O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan 2019 yil 19 oktyabr kuni Andijon mashinasozlik institutning anjumanlar zalida “Til – madaniyat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

       Tadbirda Andijon viloyati Rus madaniy markazi rahbari Yo.Babenko, Yoshlar ittifoqi Andijon shahar Kengashi raisi o’rinbosari X.O’rinboeva, Xitoy xalq Respublikasi Urgench iqtisodiyot universiteti assistenti Suyun Murat, institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov, “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti M.Nazarovlar ishtirok etdilar.

       Tadbirni “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi. Tadbir davomida talabalarga o’zbek tili bo’yicha qiziqarli ma’ruzalar, mehmonlar va talabalarimiz tomonidan tayerlangan musiqiy, badiiy, kompazitsion chiqishlar va mavzuga oid sahna ko’rinishi havola etildi.

        O’tkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.