Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi PQ – 4410-son qarori ijrosi bo’yicha 2019 yil 2 oktyabrdagi “Qishloq xo’jaligi texnikalariga xizmat ko’rsatish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan o’quv markazlarini tashkil etish to’g’risida”gi 885-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2019 yil 7 oktyabr kungi № 857 sonli buyrug’i qabul qilingan bo’lib, unga asosan O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i  M. Jo’raxonov, Avtomobilsozlik kafedrasi mudiri B. Qayumov, yer usti tarnsportlar tizimi kafedrasi mudiri N. Ikromov va assistent D.Moydinovlar 2019 yil 17 oktyabr kuni SHahrixon qishloq va suv xo’jaligi kasb-hunar kollejiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad kollej negizida tashkil etilgan “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash, qishloq xo’jaligi mashinasozligi hamda qishloq xo’jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan o’quv markazi”  faoliyatini yuritishda uslubiy yordam ko’rsatish va xamkorlik aloqalarini o’rnatishdan iborat bo’lib, tashrif davomida institut xodimlari kollej direktori B.Raxmonov bilan uchrashdilar. Uchrashu davomida o’quv markazi faoliyatini tashkil etish va yuritish bo’yicha kelishuvlar amalga oshirildi. SHu bilan birga kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo’lida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.