Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 10-oktabr kuni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, institut Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda 11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati institutning 1-Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalari o’rtasida “Vatanimiz ravnaqi yo’lida xalqimizga kamarbastamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

     Tadbir doirasida yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 5-bandida nazarda tutilgan Xotin-qizlarni bandligini ta’minlash bo’yicha talabalar turar joyida tashkil etilgan “Pazandachilik” to’garagi a’zolarining amaliy-ijodiy ishlari namoyish etildi. Shu kuni talaba-qizlar tomonidan milliy taomlar, bayram salatlari tayyorlanib dasturxonga tortildi. 

Shu kuni professor-o’qituvchilar va talaba-qizlar o’rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.

     Shundan so’ng talabalik oltin davrim deganda barchaning ko’z oldida birdek  gavdalanadigan talaba-qizlar va yigitlar davrasi tashkil etildi. O’rtada alanga bilan yonayotgan gulxan bo’lmasada, yoshlarimizning ko’zlaridagi olov buning o’rnini to’ldirdi desak to’g’ri bo’ladi. Musiqiy dastur avvalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M. Xaliqova talabalar o’rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovini o’tkazdi. Unda har bir fakultetdan bir nafar talaba ishtirok etib, tayyorgan savollarga javob  berdilar va mashxur adiblarning kitoblari bilan taqdirlandilar. Tadbirlar davom etmoqda.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi