Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019 yil 9 oktyabr kuni institutda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining 2019 yil 7 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2019 yil 28 avgust kuni o’tkazilgan 15-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risidagi №805 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlariga “Oila-mahalla-maktab-oliy o’quv yurti” hamkorlik modelini hayotga tadbiq etish ishlarini tashkil etish bo’yicha amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalarni tushuntirib o’tdi.

     Institut professor-o’qituvchilarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalari bo’yicha kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan 34-sonli yig’ilish bayoni, shuningdek, ta’limni rivojlantirishga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Maxkamasi Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari ijrosini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalari va xalq ta’limi muassasalari o’rtasida amal qilib kelinayotgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo’nalishida umumta’lim muassasalarida o’qituvchi kasbining obro’yi, nufuzini yuksaltirish, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish, olib borilayotgan kompleks faoliyatni yanada takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada yaxshilash, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratish, o’quv jarayoni sifatini yaxshilash, umumta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish yo’nalishida amal qilib kelinayotgan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarish ishlarida mas’uliyatlari hamda faol ishtirok etishlari kerakligi ta’kidladi.

Shu bilan birga institut professor-o’qituvchilarining viloyat xokimligi topshirig’iga binoan Andijon mashinasozlik instituti va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi o’rtasida imzolangan XAMKORLIK MEMORANDUMI va umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha «Oila, mahalla, maktab, oliy ta’lim muassasasi» hamkorlik dasturini amalga oshirishdagi vazifalarini yana bir bor eslatib, bu borada amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalarni aytib o’tdi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda kafedralar tomonidan biriktirilgan professor-o’qituvchilar tegishli fanlar bo’yicha maktab jamoalari uchun mahorat darslarini o’tkazish reja-grafigini ishlab chiqish, tasdiqlash va shu asosida ish tashkil etish, maktablarning 9-11 sinf o’quvchilari bilan selektsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida uchrashuvlar grafigini ishlab chiqish, tasdiqlash va shu asosida ish tashkil etib borish, maktabda o’quv jarayoni, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida hamkorlik qilish xamda “Oila-mahalla-maktab-oliy o’quv yurti” hamkorlik modelini hayotga tadbiq etish ishlarini tashkil etishlari kerakligi aytildi.

     Ushbu masalada Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M. Yusupova xam o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Shu bilan birga Q.Ermatov tomonidan yig’ilganlarning ushbu sohaga oid savollariga javoblar berildi.