Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ayollar haqida shunday degandilar: “Hayotimizning fayzi va ko’rki bo’lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko’rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi”.

     Darhaqiqat bejizga xalqimiz Vatanni ayollikning bebaho darajasi, yuksak “unvoni” hisoblangan Onaga qiyos qilmaydi. O’zlari ojiza bo’lsalarda, birgina tarbiya misolida jar yoqasiga kelib qolgan yurtni yuksakka ko’taradigan millat ustunlari ham aynan ayollar. Yurtimizda xotin-qizlarga bo’lgan e’tibor yuksak darajada desak adashmagan bo’lamiz. Dunyoning qaysi nuqtasida, qaysi millatga mansub bo’lmasin xotin-qizlarning huquq va erkinliklari to’liq himoyada.

     Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan 8 yil muqaddam  yani 2011-yilda 11-oktabr sanasini – Xalqaro qizlar kuni deb ta’sis etgan edi. Shu tariqa jahonda qizlar va ularning huquqlarini sharaflagan.

     Ushbu sana munosabati bilan institutimizda bir qator tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. 2019-yilning 9-oktabr kuni institutning Transport va logistika fakultetida bayram tadbiri tashkil etilgan bo’lsa, 10-oktabr kuni institut rektori va talaba-qizlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.

     9-oktabr kungi tadbir tafsilotlariga keladigan bo’lsak, shu kuni fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-qizlar o’z tengdoshlariga kichik konsert dasturini namoyish qildilar. Dasturdan o’rin olgan milliy va zamonaviy raqslar, liboslar namoyishi, tabriklar oz bo’lsada qizlarimizni kundalik yumushlardan chalg’itib ma’daniy hordiq olishlari uchun zamin yaratdi.

    

     Navbatdagi tadbir biroz boshqacha ko’rinishda tashkil etilib, unda institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich ham ishtirok etdi. Xotin-qizlar qo’mitasi institute boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupova hamda 200 nafar talaba-qizlar ishtirok etdilar. Davra suhbati avvalida rektor barcha talaba-qizlarni bayram bilan qizg’in muborakbod etdi. Uchrashuv davomida Umid Turdialiyev institutda talaba-qizlarni ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularni jamiyatda bo’layotgan islohotlarga dahldorlik hissi bilan yashashga o’rgatish va bevosita ishtirokini ta’minlash, oliy o’quv yurtida ularni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak mazmunidagi savollar bilan talaba-qizlarga murojaat qildi. O’z o’rnida talabalar bir qator yo’nalishlar bo’yicha yaxshi takliflar bilan javob qaytardilar. Qariyb ikki soat davom etgan uchrashuv qizg’in muhokamalarga boy bo’ldi va o’z yechimini topmay turgan bir qator muammolar hal qilinishiga erishildi. 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi