Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Andijon mashinasozlik institut qoshida “Talabalar assotsatsiyasi” iqtidorli talabalar Kengashi o’z faoliyatini rasman boshladi.

     Kengashning dastlabki yig’ilishi 2019-yilning 9-oktabr kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida bo’lib o’tdi. Unda institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich ham ishtirok etdi va ushbu assotsatsiyani tashkil etilganligi bilan barchani tabriklab, tashabbus uchun minnatdorchilik bildirdi. Talabalar assotsatsiyasini kelgusi faoliyatini samarali yo’lga qo’yishda barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga doim tayyor ekanligini ta’kidlab o’tdi.

    “Talabalar assotsatsiyasi” iqtidorli talabalar Kengashi uchta mashxur “O’rgan. O’rganganlaringni boshqalar bilan bo’lish. Ruhlantir.” shiorlari bilan ko’ngillilik asosida faoliyat yuritib, institutda tahsil olayotgan talabalar orasida faol akademik, ilmiy-innovatsion hamda ma’naviy hayotni targ’ib etish va bu orqali institut va institut qoshidagi akademik litseyida iqtidorli, har tomonlama lider va ijtimoiy faol talabalar-o’quvchilar safini kengaytirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

     Kengashning asosiy vazifasi institut talabalarining ijtimoiy va ilmiy faolligini oshirish, talabalar orasida “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida sog’lom raqobat muhiti hamda erkin munozara auditoriyasini yaratish talabalarga mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish uchun ko’mak berish talabalarni   xorijiy   tillariga  qiziqishlarini   yanada orttirish maqsadida turli mavzularda munozara (debat, “TEDTEC club”) klublari faoliyatini yo’lga qo’yish, xorijiy tillarni puxta o’zlashtirgan talabalar yordamida texnik va boshqa mazmundagi turli tezislar, maqolalar hamda ilmiy ishlar, shuningdek, ularning annotatsiyasi va taqrizlarini tarjima qilib berishga ixtisoslashgan yosh tarjimonlar klubi faoliyatini tashkil etish (to’lov asosida), zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, dasturlash, kompyuter dizayni va robototexnika sohalari hamda startap loyihalarga qiziquvchi talabalar uchun “IT Team” jamoasini tashkil etish, talabalarni,   ayniqsa,  birinchi  va  ikkinchi  bosqich   talabalarini institutning ilmiy va innovatsion hayotiga kengroq jalb etish maqsadida fan olimpiadalari, Respublikamiz va xalqaro hamkor davlatlarda tashkil etiladigan turli ilmiy-amaliy anjumanlar, tanlovlar, ko’rgazmalar, sammitlar hamda forumlarda ishtirok etishlariga ko’maklashish, institut bilan hamkorlikda ishlovchi ko’plab ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida mavjud turli muammolarga institutning professor-o’qituvchilari yordamida iqtidorli talabalardan tuzilgan guruhlarda yechim topish, institut   qoshidagi   akademik   litseyi   o’quvchilari    orasidan iqtidorlilarini saralab, oliy ta’limga yo’naltirishga ko’maklashish,  talabalarni turli davlat va nolavlat grandlar, xususan, nomdor va Prezident stipendiyalari tanlovlarida munosib ishtirok etishlari uchun yo’l-yo’riq ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqish hamda hujjatlar tayyorlash ishlariga yordam berish, institutning xalqaro hamkorlikdagi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarining talabalar kengashlari bilan hamkorlik qilishdan iborat.

     Yig’ilish davomida kengash a’zolari assotsatsiya faoliyatiga oid yuqoridagi barcha ma’lumotlarni atroflicha tushuntirib o’tdilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi