Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutning “Avtomobilsozlik” fakulteti katta anjumanlar zalida 2019 yil 8 oktyabr kuni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov rahbarligida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining 2019 yil 27 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 senyabrdagi 797-sonli Qarori ijrosi to’g’risida”gi 873-sonli Buyrug’ining ijrosi yuzasidan institutning barcha professor-o’qituvchilarini mazkur qaror bilan tanishtirdi.

O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov yig’ilish qatnashchilariga Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-son qarorining
1-ilovasi 3-bob. Uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari va bosqichlari bo’limida, Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlari, mutaxassislik bo’yicha mustaqil malaka oshirish, muqobil malaka oshirish, ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita o’qishlarini o’z ichiga olinishi hamda mutaxassislik bo’yicha mustaqil malaka oshirish ochiq o’quv mashg’ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish; iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlash; ilmiy konferentsiyalarda ma’ruza bilan qatnashish; ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish; ko’rgazma va tanlovlarda ishtirok etish; ilmiy loyihalarda ishtirok etish; xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar e’lon qilish; ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish; monografiya, mualliflik ijodiy ishlar katalogini tayyorlash va nashrdan chiqarish; o’quv adabiyotlari (darslik, o’quv qo’llanma, metodik qo’llanma)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish; falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qilishishlarini o’z ichiga olganligini ta’kidlab o’tdi.

Bundan tashqari “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 senyabrdagi 797-sonli Qarori institutning https://atm.andmiedu.uz/ veb-saytiga hamda Facebook.com ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritildi.