Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Aniq reja-grafigi asosida tashkil qilib kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi”ning navbatdagisi 2019-yilning 8-oktabr kuni Avtomobilsozlik fakultetining anjumanlar zalida bo’lib o’tdi. Institut rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan bu galgi suhbatda fakultetning 2-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Barcha fakultetlarda bo’lgani kabi yoshlar tomonidan o’qish jarayoniga tegishli muammo va uning yechimi aks etgan takliflar bildirildi.

     Eslatib o’tamiz institut rektori o’quv yili boshidan shu kunga qadar yettinchi bor talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar soni esa qariyb 1400 nafarni tashkil qilmoqda. Shu oyning so’ngiga qadar barcha talabalar bilan uchrashuvlar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi