Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019 yil 9 oktyabr kuni institutda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining 2019 yil 27 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 senyabrdagi 797-sonli Qarori ijrosi to’g’risida”gi 873-sonli Buyrug’ining ijrosi yuzasidan institut professor-o’qituvchilarini qaror mazmuni bilan tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 senyabrdagi 797-sonli Qaror bo’yicha ma’lumot berib o’tdi.

     Seminarda O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to’g’risida”gi Nizomning mazmun va mohiyatini tushuntirib, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot berdi. Jumladan, Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayoni xamda uning turlari (mutaxassislik bo’yicha mustaqil malaka oshirish, muqobil malaka oshirish, ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita o’qish), elektron portfolio tizimi, on-layn o’qish shartlari. baholash mezonlari hamda muqobil malaka oshirish shakllari bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

     Yuqoridagilar bilan bir qatorda noyabr, dekabr oylarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’qishi rejalashtirilgan professor-o’qituvchilarga ushbu jarayonga xozirdan mas’uliyat bilan yondoshish zarurligini ta’kidladi.

     Shu bilan birga ma’ruzachilar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshrish tizimidagi o’zgarishlar, kurslarida o’qishning o’ziga xos jihatlari, o’qish tartibi va baholash mezonlariga oid professor-o’qituvchilarning savollariga javoblar berildi.