Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 7-oktabr kuni institut rektori ishtirokida navbatdagi “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tdi. Bu galgi uchrashuvda Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining 4-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuv qizg’in tarzda bo’lib o’tib, talabalar bitiruvchi kurs ekanliklari nuqtai-nazaridan asosan amaliyot va ishga joylashish masalalari bo’yicha savollar bilan murojaat qildilar.

     Uchrashuv davomida talabalar tomonidan bir qator takliflar, o’quv jarayoniga tegishli fikrlar bildirildi. O’z o’rnida bildirilgan fikrlar o’zaro muhokama qilindi.

     Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich:

     Bugungi uchrashuv tanqidiy fikrlar va muhokamalarga boy o’tganidan mamnunman. Kutilganidek 4-bosqich talabalari oldimga bugungi kunda ta’lim tizimidagi, xususan institutdagi mavjud kamchiliklarni ochiq-oydin va tushunarli bayon qila olayotganligiga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun o’z takliflari borligiga guvoh bo’ldim va bu quvonarli hol. Har holda ertaga ma’lum bir jamoani ortidan ergashtira olish vazifasi turgan kadrda eng avvalo shaxsiy fikrni o’z o’rnida aniq va tushunarli qilib bayon qila olish salohiyati bo’lishi bu eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu jihat institutimiz talabalarida yaxshi shakllangan.  Qachonki kechayotgan jarayonlarning maqsadini anglab yetgan holda unga dahldorlik hissi uyg’onsa insonda fikr paydo bo’ladi. Talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etishdan eng asosiy maqsad ularni fikrlarini o’rganishdan iborat. Bu esa ertaga mavjud xato va kamchiliklarni takrorlamaslik uchun qo’l keladi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi