Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     

     2019 yil 3 oktyabr kuni 1-TTJ da istiqomat qiluvchi 174 nafar talabalar, hamda 2-TTJda istiqomat qiluvchi 34 nafar talabalarga  institutning katta anjumanlar zalida tarbiyachi-pedagog I.Sirojiddinova va «Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat» bo`limi boshlig`i M.Xoliqova, institut psixologi O.Po`latovalar  hamkorligida «Talabalar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga doir profilaktik ishlar» mavzusida tadbir o’tkazildi.

     Tadbirda TTJda istiqomat qiluvchi 208 nafar talabalar, Asaka tuman ma`muriy sudi raisi Berdiyev Bahromjon va ikki nafar huquq-targ`ibot organlari vakillari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, tarbiyachi-pedagog D.Raxmonova, “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Z.To`xtaboyev va 1-TTJ komendanti A.Xayitovlar ishtirok etdilar.

 

Dastlab tadbirning maqsadi va vazifalari va tadbir ishtirokchilarini M.Xoliqova tomonidan tanishtirib o`tildi. Tadbirning keyingi bosqichida Asaka tuman ma`muriy sudi raisi Berdiyev Bahromjon hozirgi kunda yoshlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik xolatlari va ularni sodir etish omillari yuzasidan aniq misollar va dalillarga asoslangan holda talabalarda ham uchrashi mumkin bo`lgan holatlarni tushuntirib o`tdi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga doir o`z tavsiyalarini berdi. Talabalar bilan jonli suhbat olib borildi. Talabalarga eng katta investitsiya bu ota-onaning investitsiyasi bo`lib, buni anglagan holda har bir talaba o`z tarixini  to`g`riligi, pokligi, diyonatligi, sadoqatligi bilan yozishi kerakligini, inson o`z qo`li bilan yozgan tarixidan uyalmaslik kerakligini tushuntirib o`tdi. Yoshlar o`rtasida korrupsiya illati avj olayotganligi va buning salbiy oqibatlari yuzasidan dalillarga tayanib tushuntirib o`tdi. So`ngra mutaxassis tomonidan talabalarni jamiyatda o`z-o`ziga baho berish yuzasidan psixologik tadqiqot o`tkazildi. Tadbirda talabalarning faolligi kuzatildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar hayotiy misollar keltirish orqali tushuntirib o’tdilar. Tadbirdan o’zlariga xulosa chiqarish kerakligini yana bir bor ta’kidlab o’tdilar.