Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O’zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4079-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, qolaversa yoshlarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida 2019-yilning 3-oktabr kuni institutning katta anjumanlar zalida viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

     Unda viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori, kapitan I. Abbosov, katta inspektor leytenant A. Yuldashev, inspektori, leytenant J. Mullaev, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M. Xaliqova hamda 200 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

     Davra suhbatini institutning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M. Xaliqova kirish so’zi bilan ochib, yig’ilganlarni davra suhbatiga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi hamda so’z navbatini Andijon viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori, kapitan Ilhomjon Abbosovga berdi.

     I.Abbosov yig’ilishda so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O’zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4079-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, qolaversa yoshlarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida viloyatimiz bo’ylab o’tkazilayotgan targ’ibot ishlari to’g’risida qisqacha axborot berdi.

     Shuningdek, I.Abbosov bugunga qadar viloyat migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan viloyat aholisining jami 2 mln. 161 ming 69 nafari biometrik pasportlar bilan xujjatlashtirilganligi hamda hozirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 494-sonli qaroriga muvofiq nobiometrik pasportlarni almashtirish muddati 2019-yil 31-dekabr kuniga qadar uzaytrilib, viloyat aholisini bir maromda biometrik pasport bilan xujjatlashtirish ishlari davom ettirilayotganligi va viloyat bo’yicha biometrik pasportlar bilan hujjatlashtirilmagan fuqarolar soni 259 nafarni tashkil etayotgani xususida to’htaldi.

     Davra suhbatida I.Abbosov nobiometrik pasportga ega bo’lmagan fuqarolar tahlil qilinganda, ular asosan nogiron, keksa hamda pasport to’lovi uchun imkoniyati yo’q fuqarolarni tashkil qilayotganligi, shahar va tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari tomonidan ushbu fuqarolarni ro’yxatlari shakllantirilib, imkon qadar biometrik pasport bilan hujjatlashtirilayotganligi to’g’risida so’z yuritdi.

       

     Shundan so’ng yig’ilishda Andijon viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh-qarmasi katta inspektori, leytenant Alijon Yuldashev so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi fuqaro-larining horijga chiqish tartibini, O’zbekiston Respublikasi fuqaro-sining horijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish, shuningdek, konsullik hisobiga qo’yish tartibi to’g’risida mahlumot berdi.

     Shu bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha va doimiy yashashga chet davlatlarga chiqish tartibi, horijga chiqish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tartibi, xorijga chiqish huquqidagi cheklovlar, konsullik ro’yxati hamda O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqish tartibini buzganlik uchun javobgarlikka tortilish jarima miqdori to’g’risida gapirdi.

     Davra suhbatida Andijon viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi inspektori, leytenant Jahongir Mullaev so’z olib, chet el fuqaro-lari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekistonda bo’lishi, tranzit o’tishi to’g’risida, shuningdek, chet el fuqarolarini mamlakatimizga kelgandan so’ng dam olish kunlardan tashqari uch kun ichida ro’yxatdan o’tishlari va ularning yashash manzillari, tashrif maqsadlari aniq belgilab qo’yilishi kerakligi to’g’risida gapirdi. Agarda ushbu holatlar tartibi buzilganda ularga nisbatan qonunda belgilangan jarima qo’llanilishi to’g’risida ma’lumot berdi.

     Yig’ilish so’nggida talabalar tomonidan mavzuga oid berilgan savollariga yig’ilish ishtirokchilari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi