Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda web-sayti orqali ma’lum qilganimizdek joriy yilning 13-sentabr sanasidan boshlab institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich oliygohning har bir talabasi bilan yuzma-yuz ochiq muloqotga kirishish, ularni muammolarini o’rganish va bartaraf etish maqsadida uchrashuvlar tashkil qilib kelmoqda.

     Navbatdagi uchrashuv 2019-yilning 2-oktabr kuni institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 2-bosqich talabalari bilan bo’lib o’tdi.

     Uchrashuv avvalida rektor 2019/2020 o’quv yili boshlanganligiga ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada, institutda talabalarga yaratilayotgan sharoitlar sezilarli darajadami? Yo’q-mi? Shu haqidagi talabalarni fikrlari bilan o’rtoqlashmoqchi ekanligini aytdi.

     Talabalar shu kunga qadar amalga oshirilgan bir qator shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini aytib o’tdilar. Ayniqsa institut yotoqxonasi, Axborot-resurs markazi butkul boshqa qiyofa kasb etganligi, qulaylik avvalgilaridan ko’ra bir necha barobar yaxshilanganligi haqida aytib, o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Talabalarni muammo va takliflari bayon qilishlari uchun yaratilgan, rektorning telegram ijtimoiy tarmog’idagi shaxsiy bot sahifasi faoliyatini yo’lga qo’yish orqali talaba bilan rektor o’rtasidagi “devor”ni olib tashlanganligi esa nur ustiga a’lo nur bo’lganligini ta’kidlab o’tdilar.

     Uchrashuv davomida hozirda o’z yechimi topmay turgan muammolar haqida talabalarning fikrlari tinglandi va takliflar qabul qilindi.

     Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich:

     Shu kungacha institutda qilingan har qanday islohotning barchasi siz talabalarning extiyojlaringizdan kelib chiqqan holda, sizlarning talab va takliflaringiz asosida amalga oshirilmoqda. Bundan keyin ham qandaydir kamchilik bo’lsa murojaat qiling, imkon qadar uni bartaraf etishga harakat qilamiz. Umuman sharoit yaratish muammo emas, har qancha imkoniyat-u, imtiyozlar yaratmaylik undan foydalanishingizni tashkil etolmasak, bu islohotlarning bari bekor. Har qanday berilgan rag’batga, inson albatta munosib javob qaytarish taraddudida bo’lishi kerak. O’ylaymanki o’zingiz ta’kidlagan sezilarli o’zgarishlar, yaratilgan qulayliklarga chuqur bilim olish bilan “labbay” deb javob berasizlar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi