Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Bugun, butun boshli bir umrni shogirtlar hayoti farovonligi yo’lida sarf etguvchi, bilim berish bilan birgalikda qalbidagi bor mehrni o’z farzandidek aziz bo’lgan o’quvchilarga ulashuvchi sharafli kasb egalari, Sizlarni qutlashdan behad mamnunman.

     Aziz do’stlar!

     Xalqimiz orasida “Ustoz otang kabi ulug’”- degan hikmat bezijga aytilmagan. Darxaqiqat ustozlar o’z otamiz kabi hayot yo’limizda uchraydigan to’siqlarni yenggib o’tishda yo’lboshchi, ko’makchi hisoblanadilar. Mana shunday xizmati beminnat, mehnati beqiyos, o’z kasbiga sadoqatli insonlar bilan bir jamoada ekanligimdan faxrlanaman.

     Ilm izlash, igna bilan quduq qazishga tenglashtiriladi. Mana shunday mashaqqatli va ayni damda mas’uliyatli hisoblangan mehnatingiz hamisha yuksak e’tirofga munosib. Bugun, o’zining ma’rifat o’chog’i, yuksak ma’daniyati, xalqimiz ayniqsa yoshlarimizni ta’lim-tarbiyasi orqali  butun dunyo mamlakatlari o’z nigohini O’zbekistonga qaratayotgan bir davrda, amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim bo’g’ini aynan ta’lim sohasi vakillari ekanligi hech kimga sir emas. Yoshlarimizga nafaqat bilim berish, balki ularni tarbiya, odob-axloq, ma’naviyat borasida barchaga o’rnak bo’la oladigan qilib shakllantirish va bu orqali mamlakatimizni dunyo xalqlari orasidagi imidjini yuqori darajaga ko’tarilishida ham Siz ustozlarning mashaqqatli mehnatingiz beqiyos. Kelgusida vatanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo’sha oladigan yoshlarni tarbiyalashdan charchamang deyman hamda bu yo’lda bor bilim va g’ayratingizni safarbar etishda Sizlarga kuch-quvvat tilayman.

     Hurmatli hamkasblar bayramingiz bilan yana bir bor samimiy qutlab, Sizlarga oilaviy tinchlik va hotirjamlik, sihat-salomatlik tilayman.