Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 28-sentabr kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich boshchiligida jamoa, Uz-AvtoMotors Aksiyadorlik jamiyati «Muhandislik mahsulotlari» menejmenti direktori Abduraxmonov Dilshodbek Avazovich bilan talabalarni bevosita 4+2 hamda 5+1 dasturi doirasida amaliyot o’tashlari borasida muzokara olib bordi. Uchrashuv davomida talabalar orasidan avtodizaynerlik sohasiga qiziquvchi yigit va qizlar uchun bevosita ushbu soha bo’yicha zavod mutaxassislari tomonidan o’sha yerning o’zida o’quv kurslarini tashkil qilish to’g’risida takliflar bildirildi. Uz-AvtoMotors vakili Abduraxmonov Dilshodbek Avazovich oliy ta’lim bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyasini mustahkamlash va takomillashtirish har ikki taraf uchun ham manfaat keltirishini ta’kidlab o’tdi hamda bu borada aniq reja ishlab chiqilib, amaliyot jarayonini yo’lga qo’yish aynan aniq reja asosida amalga oshirilishini aytdi. Yaqin kunlarda aynan bir kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Amaliyotni bevosita zavodning o’zida amalga oshirilishi bilan, talabalarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamligi va yangi g’oyalarni tug’ilishiga juda katta turtki bo’lishiga erishish kutilmoqda.   

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi