Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 27-sentabr kuni institutning “Transport va logistika” fakultetida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Akmaljon Ermatov ochib berdi. Yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati barcha o’qituvchilarni tabriklar ekan, yutrboshimiz tomonidan bildiralayotgan ishonchni oqlashda, sharafli kasbga uzoq yillar sadoqat bilan xizmati qilishda, sog’lik-salomatlik, kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tiladi. Shundan so’ng so’zga institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Qobiljon Ermatov chiqdi. Yoshlarni har tomonlama bilimli, ma’nan yetuk qilib tarbiyalashda barcha ustozlarga kuch-quvvat tilab, bayram bilan tabrikladi.

     Shundan so’ng tadbirning rasmiy qismi ortda qoldirilib, badiiy qismga murojaat qilindi. Bayram dasturi avvalida Sanobar Rahmonovaning Ustozlar taronasi ostida talabalar barcha ustozlarga gul va bayram tabrigi yozilgan bukletlar ulashdilar. Bayram dasturi davomida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan raqslar, ustozlarni madh etuvchi she’rlar, “Quvnoqlar va zukkolar” fakultet jamoasi chiqishlari, qolaversa dasturga mehmon sifatida tashrif buyurgan Oltinko’l tumani maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 27-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlab kelingan raqs dastalari namoyish etildi.

     Tadbirni badiiy qismini fakultetning «Kasbiy ta’lim», «Hayot faoliyati xavfsizligi» yo’nalishi talabalari Jaloldinov Islombek, Sohibova Oltinoylar olib bordilar.

Surxoncha raqsda fakultetning YeUTT yo’nalishi 3-bosqich talabasi Nishonaliyeva Hulkaroy.

Milliy «Sallanno» raqsida fakultetning «Mehnat muhofazasi» yo’nalishi 1-bosqich talabasi Tursunova Dilnozaxon.

Xorazmcha raqsda fakultetning Kasbiy ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Sidiqova Maftunaxon.

Milliy raqs va qo’shiqlar ijrosida Oltinko’l tumani maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 27-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari.

Sahnada fakultetning Quvnoqlar va zukkolar «Milliard» jamoasi.

Fakultet talabalari ustoz va murabbiylarni madh etuvchi she’rlar ijro etdilar.

   

Bayram tadbiri so’ngiga qadar yuqori kayfiyatda davom etdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi