Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

   Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3 bandida nazarda tutilgan aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha institutda amaliy ishlar qilib kelinmoqda. Ularning navbatdagisi 2019-yilning 26-sentabr kuni tashkil etildi. Axborot texnologiyalar sohasi bo‘yicha Xindistonlik mutaxassislar Manit Sinh va Sumon Yubasitlar institutga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Akmal Ermatov mehmonlar bilan tashrifdan ko’zlangan maqsad borasida suhbat olib bordi. A.Ermatov institut talabalari orasida ushbu sohaga qiziquvchi va ayni damda bevosita shug’illanib keladigan yoshlar borligi, bugungi tashrif orqali ularda soha bo’yicha bilimlarini yanada mustahkamlab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini ta’kidlab o’tdi.

    Shundan so’ng  institutning anjumanlar zalida ushbu sohaga qiziquvchi 200 nafardan ziyod talabalarga dasturchilar tomonidan soha bo‘yicha master klass o‘tildi. Mutaxassislar kelgusida ushbu soha bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi