Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yil 25-sentyabr kuni institutning katta anjumanlar zalida “Talaba – yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va ularda yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirishning psixologik asoslari” mavzusida tadbir o’tkazildi. Institut psixologi O.Po’latova hamda tarbiyachi-pedagog I.Sirojiddinovalar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda institutning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xoliqova, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Axmedov, 1-TTJ komendanti A.Xayitov hamda ushbu TTJda istiqomat qiluvchi 174 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

     Dastlab institut psixologi O.Po’latova 1-TTJ da yashovchi talabalarni tadbirning maqsadi va rejasi bilan tanishtirib, so’ngra institutda psixologik markaz faoliyat yuritayotgani, markazning faoliyat yo’nalishlari haqida axborot berdi va muammolardan aziyat chekayotganda markazda faoliyat olib borayotgan psixologlarga murojaat etishlari mumkinligini uqtirdi. Har bir talabaga “Yotoqxonada turuvchi talabalar uchun” va  “Talabalarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha” anketa so’rovnomalari o’tkazildi.

     Tadbirning keyingi qismida 1-TTJ tarbiyachi-pedagogi I.Sirojiddinova, institutning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xoliqova, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Axmedovlar o’zlarining ma’ruzalarida talabalarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tushunchalar berib bordilar. Tadbirda talabalarning faolligi kuzatildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar hayotiy misollar keltirish orqali tushuntirib o’tdilar. Tadbirdan o’zlariga xulosa chiqarish kerakligini yana bir bor ta’kidlandi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi