Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2019-yilning 25-sentabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Qo’shaqboyevich Abdurahmonov institutimizga tashrif buyurdi. Hokim tashrifi institutning talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Tashrif davomida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan muloqotga kirishdi va 2019/2020 o’quv yilidagi o’zgarishlar haqida talabalar fikrini bilish maqsadida bergan savollariga ijobiy javoblar oldi. Talabalar turar joyidagi qulayliklar bilan tanishar ekan, bir vaqtning o’zida istiqomat qilish bilan birgalikda, kutubxona, fitness zali, kompyuter xonalari, qizlar uchun tikuvchilik xonalari, arzonlashtirilgan mini marketlardan yotoqxonani o’zida foydalanish imkoni yaratilganligidan mamnun bo’ldi.

 

      Tashrif davomida hokim va institut talabalari o’rtasida ochiq muloqot shaklida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida Shuxrat Abdurahmonov institutda talabalarni bilim olishlari uchun yaratilayotgan bu sharoitlar ortida juda katta mehnat yotishini, buni eng avvalo qadriga yetish, undan unumli foydalanish bilangina mehnatni oqlash mumkinligini aytib o’tdi. Qolaversa viloyatimizda yaqin yillarda faoliyati yo’lga qo’yilishi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish korxonalari haqida gapirar ekan, uni barqaror yurgizishda, rivojlantirishda aynan oliy ta’lim yoshlariga ishonishini ta’kidlab o’tdi. Ayniqsa hozirda texnologiya nuqtai-nazaridan olib qaraganda bir fursat ham kutib turmaydigan zamonda, intelektual bilimi kuchli, vaziyatni to’g’ri baholay oladigan yoshlargina mamlakatni rivojlantirishi mumkin ekanligini uqtirdi. Suhbat qizg’in tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar bilan murojaatlar qilindi hamda ularga ijobiy javoblar olindi. Davra suhbati davomidagi tashabbuskorlik va faollik uchun viloyat hokimi barcha talabalarga minnatdorchilik izhor etib, kelgusidagi hayotda omad, sog’lik va salomatlik tiladi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi