Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, yoshlarimizni qiziqishlarini yuzaga chiqarishdagi zarur mexanizmga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi. Andijon mashinasozlik institutida bu borada ko’zga ko’rinarli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

     2019-yilning 24-sentabr kuni institutning Axborot resurs markazida, 4-tashabbusda nazarda tutilgan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan, “Talaba-yoshlar shoir va adiblar davrasida” ikki avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.

     Unda G’ani Majid, Odil Azim, Ma’mur Hamro, Mirzo Maxmud, Umida Egamberdiyeva, Arofat Mo’ydinjon qizi kabi xalqimizning suyukli shoir va adiblari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ijodkorlar o’zlarining eng so’nggi ijod namunalarini talaba-yoshlarga o’qib eshittirdilar hamda institutning kitob fondiga eng sara asarlari jamlangan kitoblarni taqdim etdilar. Ijodkor tomonidan o’qib eshittirilgan asarlar orasida hazil-mutoyibaga boy she’rlar talabalarimizni kayfiyatini ko’targan bo’lsa, Onalar, Vatan haqidagi she’rlardan qatnashchilarni oilaga, yurtga bo’lgan muhabbatlarini yanada jo’shqinlantirdi desak to’g’ri bo’ladi.

G’ani Majid:

Yoshligim ilm-ma’rifat qaynagan davralarda o’tgan. O’sha vaqtlarda taniqli shoirlar bilan uchrashuvlar juda ham ko’p tashkil etilar, biz esa ularni oddiy so’zlarni bir-biriga ulab go’zal san’at asari yaratganliklaridan hayratimiz oshar edi. Balki she’riyatga bo’lgan ilk ixlosimiz ham o’sha paytning o’zida dilimizning tub-tubiga o’chib ketmas bo’lib muhrlangandir. Bugunga kelib yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus orasida kitobxonlikni ham borligi biz ijodkorlarga ishonch bilan yuklatilgan sharafli va mas’uliyatli vazifa deb bilamiz. Shu sabab ijodkorlar yana xalqning davrasiga qaytdi, yana ijod qilishga ilhom uyg’ondi.  Bugun ham talabalar davrasi huddi bolalikdagi shirin xotiralarim yodga tushdi. Faqat bu safar tinglovchi emas, balki ijodkor shoir sifatida ishtirok etayotganim o’zgacha hislar uyg’otdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi