Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik institutida 2019/2020 o’quv yili katta islohotlar bilan boshlandi. Bularning eng muhim va zaruri institut rektorining talabalar bilan reja grafigi asosida to’gridan-to’g’ri uchrashuvlarni yo’lga qo’yayotganligi bo’lmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.

     2019-yilning 23-sentabr kuni bo’lib o’tgan navbatdagi uchrashuvda Avtomatika va elektrotexnika fakultetining 3-4 bosqich talabalari ishtirok etdi. Uchrashuvlar hech qanday to’siqlarsiz, shaffof, ochiq va oshkora muloqot shaklida tashkil qilinib kelinmoqda. Bu safargisi ham avvalgilaridek qizg’in tarzda bo’lib o’tdi. Talabalarning muammolari tinglab, unga yechim qidirayotgan, hattoki muammoni o’sha joyni o’zida hal qilishga urinayotgan rektorimizning talabalarga qilgan qisqa murojaati diqqatimni tortdi.

     Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich:

     -«Institutda qilinayotgan har qanday islohot, eng birinchi navbatda siz talabalarni sifatli bilim olishingiz uchun qilinmoqda va buni chuqur anglab yetishingizni istardim. Sizlar ushbu dargohni talabasi ekansizlar, sifatli bilim olishga to’la huquqli ekanligingizni unutmang. Kerak bo’lsa buni talab qilish orqali maksimal darajada bilimingizni mustahkamlab oling. Chunki hayotda bilim va sifat hamisha g’olib bo’ladi.»

     Rektor va yoshlar uchrashuvi joriy yilning 13-sentabr sanasidan boshlab o’tkazilib kelinmoqda. Qolaversa yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog’ida institut rektorining murojaatlarga javob beruvchi bot kabineti ochilgan va yuborilgan savol, taklif hamda shikoyatlarning javoblari joylab boriladigan telegram kanal faoliyati yo’lga qo’yilgan.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi